35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

CHIMBULOQ MAHALLASIDA ASFALT YOTQIZISH ISHLARI BOSHLANDI

Ayni kunlarda mahalladagi yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari boshlandi. Bu yangilikdan xursand bo‘lgan aholi vakillari hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini mamnuniyat bilan qarshi olib, bunday ezgu ishlarni Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa sifatida e’tirof etmoqda. Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Z. Mamadaliyev hamda Kengash bosh mutaxassislari ishtirokida asfalt yotqizish jarayoni ko‘zdan kechirilib, ishlarning belgilangan me’yor va talablar asosida, sifatli va puxta bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirish va topshiriqlar berildi. 🌿 El roziligi — eng katta natija. Chimbuloq mahallasida aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2