Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan ijtimoiy va maishiy masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, ishga joylashtirish hamda oilalarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida tinglanib, muammolarni joyida o‘rganish, qonunchilik doirasida amaliy yordam ko‘rsatish va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.