35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#o'rganish #reja_ijrosi

Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova kunlik reja-grafikka asosan shahardagi Adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i U. To‘laganov bilan muloqot o‘tkazilib, joriy davr mobaynida bo‘limga kelib tushgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida:
🔹Fuqaro B. To‘ychiyevning meros masalasidagi murojaati huquqiy tartibda ko‘rib chiqildi va masalaning amaldagi qonunchilikka muvofiq yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
🔹Shaharda qabul qilinayotgan mahalliy normativ-huquqiy va boshqa qarorlarning amaldagi huquqiy normalarga va qonunchilik talablariga mosligi atroflicha tahlil qilindi.

Aholining huquqiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ijro hokimiyati qarorlarining qonuniyligini ta’minlash borasidagi nazorat ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3