35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

📌 KO'CHABOSHI BILAN DEPUTATGA MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat Yusupova Feruza Shuxratovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Shovot tumani Zamondosh mahallasida fuqarodan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida Al-Xorazmiy ko‘chasidagi elektr simlari va yog‘och ustunlarini yangisiga almashtirish ishlari o‘z vaqtida bajarilmayotgani bilan bog‘liq murojaat ko‘rib chiqildi.
🔎 Masala joyida o‘rganilib, mavjud muammoni bartaraf etish hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
🤝 Deputatlik nazorati — aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2