🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat Yusupova Feruza Shuxratovna hamda kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov tomonidan Zamondosh mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-49-son qarori hamda aholi bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida o‘rganildi.
🤝 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi muammolarini manzilli hal etish va hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.