💬Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida shahardagi “Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi” hududi ko‘zdan kechirildi.
💬O‘rganishning asosiy maqsadi:
Prezidentimizning PF–5863-sonli Farmoni (“2030-yilgacha bo‘lgan davrda Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”) ijrosi doirasida oromgohdagi:
🔅 Oromgoh hududidagi mavjud daraxt va butalarning agrotexnik holati;
🔅 Sug‘orish tizimlarining sozligi va suv tejovchi texnologiyalarning qo‘llanilishi;
🔅 “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning parvarishi va tutib ketish darajasi;
🔅 Hududning sanitar-ekologik holati.
🫥Mazkur o‘rganish natijalari doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida atroflicha muhokama qilindi. Tahlillar davomida oromgoh hududidagi yashil maydonlarni kengaytirish va mavjud dov-daraxtlarni saqlab qolish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.