O‘rganish jarayonida mahalladagi “yettilik” tizimi vakillarining o‘zaro hamkorligi va har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi:
💬Mahalla raisi: Hududdagi umumiy ma’naviy muhit va “yettilik” faoliyatini muvofiqlashtirish darajasi;
💬Hokim yordamchisi: Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichlari;
💬Profilaktika inspektori: Hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash choralari;
💬Yoshlar yetakchisi: “Yoshlar daftari” bilan ishlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
💬Ijtimoiy xodim: Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga manzilli ko‘mak berish va “Inson” markazi bilan hamkorlik holati.
🔅Deputat har bir vakilning faoliyatiga to‘xtalar ekan, asosiy e’tiborni qog‘ozdagi hisobotlarga emas, balki aholi bilan ishlashdagi real natijalarga qaratdi.
"Mahalla xodimlarining birdamligi va mas’uliyati — xalq roziligining asosiy poydevoridir. Har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmasligimiz kerak," — dedi O.Sharofutdinova.
🫥Yakunda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga uslubiy tavsiyalar berildi.