Quyidagilar 2026 - 2027-yillarda respublikada issiqxonalar faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
🔅Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmualarini joylashtirish;
🔅energiya tejamkor va muqobil energiya manbalariga asoslangan isitish tizimlari ulushini kamida 50 foizga yetkazish;
🔅atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bosqichma-bosqich kamaytirish.
⏺Qarorga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida "Surxon-Agro" erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.
💬"Surxon-Agro" zonasi hududida faoliyat olib boradigan issiqxona xo‘jaliklariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
💬yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn auksion orqali ijaraga berilganda 5-yil davomida ijara to‘lovining nol stavkasi qo‘llanadi;
💬issiqxonalarni sug‘orish va texnologik jarayonlar uchun ishlatiladigan oqova va yerosti suvlari uchun to‘lovlardan 3-yil muddatga ozod etiladi;
💬anomal sovuq ob-havo sharoitlari davrida, istisno tariqasida, belgilangan ekologik talablarga rioya qilgan holda ko‘mir yoqishga ruxsat etiladi.