Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda joriy yilning 5-yanvaridagi PQ-1-sonli Qarori ijrosi doirasida shahrimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
💬Kun tartibi yuzasidan shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Berdinazarovning 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
🔅Deputatlar tomonidan ayrim mahallalarda jinoyatchilikning o‘sish sabablari va profilaktika inspektorlarining aholi bilan ishlash tizimi yuzasidan qat’iy savollar qo‘yildi. Shahar xavfsizligini ta’minlashda faqat huquq-tartibot idoralari emas, balki keng jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
🔅Komissiya xulosasiga ko‘ra, mazkur masala bo‘yicha qaror loyihasi tasdiqlash uchun shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilab olindi.