Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ish rejasi ijrosi — amalda: Oromgohning ekologik holati o‘rganildi
янв.21
Manfaatlar toʻqnashuvi nima va u nega muhim?
янв.21
Aholi kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlanadi
янв.21
Gender tengligi — adolatli jamiyat va taraqqiyot poydevori
янв.21
Xavfsiz shahar va jamoat tartibi — deputatlar nazoratida
янв.21
Ijtimoiy barqarorlik va inson qadri: Budjet mablag‘lari manzilli yo‘naltiriladi
янв.21
TERMІZ SHAHRI EKOLOGIYASI VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Termiz shahrida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahallada harakat xavfsizligini ta’minlash va aholi murojaatlarini ijobiy hal etildi
янв.21
MAHALLA TIZIMI SAMARADORLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “BOG‘ZOR”DA TAHLILIY MULOQOT
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

“Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi”. Bu fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbek tili bayrami munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga yo‘llagan tabrigidan olindi.

Davlat rahbari tomonidan 2019-yil 21-oktyabrda qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, ushbu tarixiy sana bayram kuni deb belgilangan. Bu bejiz emas.

O‘zbekistonning “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni bundan 32-yil oldin, 1989-yil 21-oktyabrda – Mustaqilligimiz eʼlon qilinishidan taxminan ikki yil ilgari qabul qilingan. Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish oson kechmagan. 

Haqiqatan ham, o‘sha davrda o‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam edi.

Shuni ham qayd etish kerakki, 1989-yili “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda aks etgan muhim huquqiy qoidalar keyinchalik, 1992-yilda Mustaqillik Qomusi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida quyidagicha mustahkamlandi:

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.

O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili ham hisoblanadi. 

Slide 1 of 1