Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazokat Yo'ldoshovna "Go'zal" va "Mustaqillik" mahallalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga 19-Rovot okrugidan saylangan deputat Zokir Isayev “Fitrat” mahallasida joylashgan 37-sonli DMTTdagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Atrof-muhit – bizning umumiy mas’uliyatimiz
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi — farovon kelajak garovi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Mahalla yettiligi va uning ijtimoiy ahamiyati
янв.21
Sog‘liqni saqlash xodimlari bilan ochiq muloqot
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqot
янв.21
Tadbirkor bilan uchrashuv
янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA SOHAGA OID USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.

Taʼkidlandiki, klaster va fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish 145 km rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 110 km qismi betonlashtirildi, hozirda qolgan 35 km qismida betonlashtirish ishlari davom yetmoqda.

Tuman chegarasida vegitatsiya mavsumida 212.9 mln.m3 limit ajratilgan, shundan 2025-yil hosili uchun 6661 gektar g‘alla maydonlarida sug‘orish ishlari uchun iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli suv yetkazib berildi. Bugungi kunda 9210 gektar paxta maydonlarida, 4073 gektar aholi tomarqalarida hamda 5737 gektar boshqa yekin maydonlarini sug‘orish ishlarini amalga oshirish uchun o‘z vaqtida va sifatli suv yetkazib berilmoqda.Ushbu yetkazib beriladigan suvning 12 foyizi zovurlardan va 14 foyizi sug‘orish quduqlaridan olinishiga yerishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 79-sonli qarorlariga asosan Vobkent tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini moliyaviy ta’minlash maqsadida, tumanda suv solig‘ining prognoz qilingan summasini 40 foizga oshirilishi hisobiga tuman mahalliy budjetning 2024-yil uchun belgilangan daromadlari va xarajatlari miqdori hisobidan tasdiqlangan rejaga asosan jami 2,3 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning II choragida jami 2,1 mln.so‘m kelib tushgan. Ushbu ajratilgan mablag‘ hisobidan davlat muassasasi faoliyatini saqlash, jumladan ishchi xodimlar ish haqi va soliq to‘lovlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘naltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qaroriga asosan 2025-yilda tumandagi sug‘oriladigan ekin maydonlarida jami 2781 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish rejalashtirilgan. Shundan, 253 gektar g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish, 580 gektar paxta maydonlari tomchilatib sug‘orish, 39 gektar bog‘ maydonlari tomchilatib sug‘orish 209 gektar maydonda diskret sug‘orish, 70 gektar paxta maydonlarida plyonka to‘shab sug‘orish, 980 gektar paxta maydonlarida egiluvchan quvur yordamida sug‘orish, 650 gektar ekin yerlarini lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yilning II chorak davomida suv iste’molchilariga 82.8mln.m3 rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 81.9 mln.m3 suv iste’mol qilindi.

Yigʻilishda koʻrilgan masala yuzasidan tegishli doimiy komissiya qarori qabul qilindi. Mazkur masala navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida koʻrilishi belgilangan. 

Slide 1 of 3