Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tadbirkor bilan uchrashuv
янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li tumandagi Guliston mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan navbatdagi ochiq muloqotni amalga oshirdi.
янв.21
“G’oyib ota” mahallasida “Vakillar yig‘ini” o‘tkazildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda muhim omil
янв.21
Ehtiyojmand oilalarga e’tibor – ijtimoiy mas’uliyat ifodasi
янв.21
Navbatdagi sessiya jarayonlariga tayorgarlik
янв.21
Fuqarolar muammolari tinglanmoqda: Payariqda navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oilaviy ajrimlar: Muammo va uning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot
Tadbirkor bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xusniya Raxmonova To‘polos mahallasida bo‘lib, asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Deputat Xusniya Raxmonova To‘polos mahallasida bo‘lib, asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirkor faoliyatini ko‘zdan kechirdi. U mahalla hududida o‘z faoliyatini boshlagan tadbirkor bilan uchrashib, unga yordam berish va imkoniyatlar yaratish borasidagi rejalari haqida so‘zlab berdi.

Asalarichilikning ahamiyati va uning iqtisodiy samaradorligi haqida gapirgan deputat, o‘zining ilmiy va amaliy tajribasidan foydalangan holda, bu soha uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan ajratilayotgan grantlar va subsidiyalar haqida ham ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, To‘polos mahallasi aholisi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va asalarichilik sohasini yanada rivojlantirish borasida aniq rejalar ishlab chiqilishi maqsad qilindi. 

Slide 1 of 2