Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Nurmanova “Fitrat” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Oilaviy davlat maktabgacha ta’lim muassasasi (DMTM) xodimlari ishtirokida “Jamoat joylarida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida salomatlik madaniyatini oshirish va zararli odatlardan voz kechish masalalari muhokama qilindi. Davra suhbati davomida deputat M. Nurmanova sog‘lom turmush tarzi nafaqat shaxsiy farovonlik, balki jamiyat salomatligi va ma’naviy rivojida muhim omil ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Xodimlar tomonidan berilgan taklif va mulohazalar ochiq muhokama qilinib, jamoat joylarida gigiyena, toza havo, jismoniy faollik va ruhiy salomatlikni saqlash kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar o‘z shaxsiy namunasi orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishi zarurligi alohida qayd etildi.