“Javshar ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Yuqumli kasalliklar shifoxonasi”da xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
Deputat M.Nurmanova mamlakatimizda tibbiyot sohasini isloh qilish, tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar malakasini oshirish, aholining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Tibbiyot xodimlari o‘z faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammolar, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, zamonaviy tibbiy uskunalarga ehtiyoj, yosh mutaxassislarni jalb qilish, mahalla darajasida sog‘lomlashtirish tadbirlarini kuchaytirish kabi masalalar ko‘tarildi.