Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li saylovchilar bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li tumandagi Guliston mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan navbatdagi ochiq muloqotni amalga oshirdi.
Uchrashuv davomida deputat avvalo o‘zining deputatlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, mahalla va tuman miqyosida ko‘tarilgan muammolarni hal etish borasida olib borilgan chora-tadbirlar, fuqarolarning murojaatlari asosida qilinayotgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid tashabbuslari xususida batafsil axborot berdi.
Shuningdek, Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li o‘z faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari haqida ham so‘z yuritib, jumladan:
Uchrashuv davomida saylovchilar deputatga o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini ochiq bildirishdi. Jumladan, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi, ko‘cha yoritgichlari o‘rnatilishi, maktabda qo‘shimcha sport anjomlariga ehtiyoj borligi kabi masalalar ko‘tarildi. Deputat har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga harakat qilishini aytdi.