Yurtimizda aholining turmush farovonligini oshirish, ayniqsa ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi muhim jihatlardan biri – joylardagi xalq vakillarining, xususan, tuman Kengashi deputatlarining amaliy ishlarda faol ishtirok etayotganidir.
Shu kunlarda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxkamov Sobir tomonidan hududdagi ehtiyojmand oilalardan biri holidan xabar olindi. Deputat oila a’zolari bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitini ko‘zdan kechirdi, mavjud muammolarni tinglab, zaruriy yordam choralarini belgiladi.
Bunday tashabbuslar aholining deputatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlabgina qolmay, balki chinakam xalqparvarlik va ijtimoiy hamjihatlik tamoyillarining amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.