Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna ham o'z saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tildi hamda kelgusidagi rejalar to'g'risida saylovchilarga axborot berildi.
янв.21
Uchrashuv
янв.21
Deputat saylovchilar oldida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
G‘alla o‘rimi yakuniy pallaga kirmoqda
янв.21
Munosabat
янв.21
Murojaatlar tinglanmoqda
янв.21
Munosabat
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olis hududga olib boruvchi yo‘l yangilandi
янв.21
Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi
Munosabat.

2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha.

Joriy yilning 11 iyun kuni Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan keyingi yillarda yurtimiz investorlar uchun ochiq, erkin, barqaror va ishonchli mamlakatga aylanib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistonda “yashil” energiya, chiqindilarni qayta ishlash, elektr energiyasini saqlash, “yashil” vodorod ishlab chiqarish kabi sohalarda yangi loyihalarni boshlagan kompaniyalar vakillari ham ishtirok etdi.

Ushbu forumning asosiy mavzusi bo‘lgan investitsiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning kafolati ekanligi ta’kidlanib investitsiya muhitini yaratish, nafaqat daromad keltirish bilan birga, inson qadrini ulug‘laydigan, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylanishiga aloihda e’tibor qaratilmoqda.

Yurtimizda xorijiy sarmoyadorlarga yanada qulay muhit yaratish uchun mahalliy kompaniyalar bilan bir xil sharoitlarni kafolatlovchi “milliy rejim” joriy qilinishi, davlat organlari bilan munosabatga kirishishda “yagona darcha” tamoyili tatbiq etilishi belgilanligi, investitsiya faoliyatini ortiqcha tekshiruvlardan kafolatli himoyalash tizimi yaratiladi. Xususan, sarmoyadorlar soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni ko‘paytirish, infratuzilma sohalarida xususiy sektor ulushini oshirish bo‘yicha takliflarni berdilar. Tushgan takliflardan kelib chiqib, garov to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish, xorijiy kompaniyalar uchun professional kadrlarni tayyorlash, mahalliy kompaniyalarda korporativ boshqaruvni yaxshilash, soliq ma’murchiligi bo‘yicha qo‘shimcha ishchi guruhlar tashkil etiladi. Har bir taklif va mulohaza batafsil ko‘rib chiqiladi.