Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yettinchi chaqiriq to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi. Kun tartibida deputatlar 14 ta masalani ko‘rib chiqdilar.
Xususan, “Yashil jamoat parki”ni tashkil etish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyani oldini olish, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kabi masalalarda mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Deputatlar kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazib, mas’ullardan tegishli javoblarni oldi hamda har bir masala yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qildi.