‘‘Biz zo’ravonlikka qarshimiz’’ mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya qilinishini taminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvatlash, shuningdek oila institutini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston XDP Termiz tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Shafoatova tomonidan tumandagi “Yangi hayot” mahallasi binosida ‘‘Biz zo’ravonlikka qarshimiz’’ mavzusida suhbat o’tkazildi.
Davra suhbati davomida deputat G.Shafoatova mamlakatimizda zo’ravonliklarga qarshi olib borilayotgan islohatlar va xotin-qizlarning jamiyatimizda yana siyosiy faolligini oshirish to’g’risida fikr bildirdi.