Янгиликлар

G‘alla o‘rimi yakuniy pallaga kirmoqda

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov Ko‘lto‘sin mahallasida bo‘lib, hududdagi fermerlar bilan uchrashdi. Unda ushbu mahalla hududida g‘alla yetishtirib kelayotgan fermerlar ishtirok etdi.

G‘alla o‘rim yig‘imi tobora yakunlanmoqda, bunda albatta sizlar faol bo‘lishlaringiz kerak, oldimizga qo‘yilgan rejani vijdonan yondashib, to‘liq bajarishimiz kerak dedi Kengash raisi.

O‘rim yig‘im bilan bog‘liq ba’zi muammoli masalalar shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. G‘alladan bo‘shagan yerlarni takroriy ekinga tayyorlash va ekish ishlarini boshlash kerakligi aytib o‘tildi.

Slide 1 of 2