Янгиликлар

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda deputatlarga hisobdor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi, deputat A. Maxammatov ochdi va bugungi kunda mahalliy Kengashlar, deputatlar oldida turgan vazifalar, hisobdor tashkilotlar rahbarlari, jumladan, aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan banklar rahbarlari hisobotida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘z yuritdi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati X. Yarqulov ishtirok etib, bugungi kunda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, qonunlarni ishlab chiqishda ko‘zda tutilayotgan asosiy vazifalar, mahalliy Kengashlar oldida turgan muammolar hamda sessiyalarda ko‘rib chiqilayotgan hisobotlarni eshitishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Slide 1 of 1