O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”23 iyun, 2025 yildagi 98-sonli Farmon — mamlakatimiz siyosiy hayotidagi yangi bosqichni belgilab beruvchi strategik hujjatdir.
✅ Bu Farmon nafaqat mahalliy Kengashlarning tashkiliy va huquqiy asoslarini mustahkamlaydi, balki xalq vakillarining haqiqiy ta’sir kuchini yuzaga chiqaradigan, hal qiluvchi institut sifatida shakllanishiga keng yo‘l ochadi.
📣 Farmonda qayd etilgan “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili – bu mahalliy boshqaruvdagi mutlaqo yangi yondashuvdir. Ya’ni, xalq manfaatlari endi markaz emas, hududdagi deputatlar orqali himoya qilinadi, yechim topadi va nazorat qilinadi.
🚩 Shu nuqtali nazardan, mahalliy Kengashlar jamiyat hayotida ishtirok etuvchi emas, uni shakllantiruvchi siyosiy institut sifatida yuzaga chiqmoqda.
💡 Deputat sifatida, Farmonda xalq vakillariga berilgan yangi vakolatlar va tashabbus huquqlarini alohida ta’kidlamoqchiman:
🟢 Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish ijara to‘lovlari,
🟢 Dafn xizmatlari va tariflari,
🟢 Aholi ehtiyojlariga mos ravishda ish o‘rinlari belgilanishi,
🟢 Yo‘llarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatib) ruxsat berish.Harakat tezligini tartibga solish vakolatlarining mahalliy Kengashlarga o‘tkazilishi – real muammolarni joyida hal etish imkoniyatini kuchaytiradi.
✏️ “E-Kengash” – raqamli Kengashga qadam: Hozirgi kunda shaffoflik, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashda raqamli platformalar muhim ahamiyatga ega. Farmon doirasida “E-Kengash” elektron platformasi orqali:
🟢 Hujjatlar arxivi,
🟢 Qaror loyihalarini tahlil qilish,
🟢 Biometrik tasdiq,
🟢 Sun’iy intellekt orqali ekspertiza joriy etilishi — vakillik organlarining zamonaviy elektron boshqaruvga o‘tishida yangi davrni boshlaydi.
⚡️ Bu esa biz, deputatlar faoliyatining tezkor, ishonchli va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi.
🔁 Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot – Fuqarolarning sessiyalarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi, jamoaviy elektron murojaatlar, jamoatchilik asosida yoshlar va maslahat guruhlarining tashkil etilishi — ochiq boshqaruv va keng ishtirok tamoyiliga asos bo‘ladi.
🗞 Bu bilan deputat xalq oldida, xalq esa deputat orqali davlat qarorlarida ishtirokchiga aylanadi.
🔍 98-sonli Farmon — bu so‘zsiz, yangi siyosiy madaniyat, kuchli mahalliy demokratik boshqaruv va jamiyatdagi fuqarolik faolligini rag‘batlantiruvchi platformadir.
🖊 Deputat sifatida, ushbu islohotlarni amalga oshirishda faqat nazoratchi emas, balki tashabbuskor, xalq ovozini eshituvchi va yechim taklif qiluvchi vakil sifatida harakat qilishni o‘z burchim deb bilaman.
🗞 Chunki kuchli Kengash — xalq bilan hamnafas davlatning timsoli.
✍️ Xusainov Alisher - Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati