📣 Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–98-sonli Farmon — yurtimizdagi islohotlarning yangi bosqichidir.
🗞 Ushbu Farmon nafaqat mahalliy Kengashlarning huquqiy maqomini mustahkamlaydi, balki dehqondan to akademikkacha bo‘lgan har bir fuqaro hayotiga ta’sir etuvchi masalalarda xalq vakillarining faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.
🗞 “Yo‘l xaritasi” orqali deputatlar institutining huquq va majburiyatlari aniq belgilangani, Kengash so‘rovi, Kengash tekshiruvi, sayyor qabullar kabi yangi mexanizmlar orqali deputatlar haqiqiy xalq ichida, xalq bilan birga ishlaydigan yetakchiga aylanishiga zamin yaratmoqda.
💬 O‘zXDP deputatlari sifatida biz ham bu islohotlarning faol ishtirokchilarimiz. Prezidentimizning mazkur farmonida belgilangan har bir vazifani amaliy ishlar bilan ta’minlash — asosiy burchimizdir.
📍 Bugun mahalliy Kengash deputatlarining mas’uliyati bir necha barobar ortayotgan bir paytda, partiyamiz tamoyillariga sodiq qolgan holda, adolat, ijtimoiy himoya, aniq yechimlar bilan odamlarga davo bo‘lish yo‘lida faol harakatdamiz.
Donoxon Maxmudova - Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati