Янгиликлар

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva saylovchilar bilan uchrashib, ijtimoiy soha obyektlaridagi olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Jumladan, 9-sonli umumta’lim maktabi va 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotdagi olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, bugungi kundagi muammolarini va takliflarini o‘rganib, yechimi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi. 

Ushbu masalalarni yechimi bo‘yicha viloyat miqyosidagi idoralarga murojaat etilishi belgilab olindi.  

Bundan tashqari Bo‘ston tumani “Gulshan” hamda “Bog‘i eram” mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashib, aholi tomonidan ko‘tarilgan bir necha yillardan beri asossiz ravishda hisoblangan maishiy chiqindilar bo‘yicha qarzdorlikka aniqlik kiritish masalasi bo‘yicha joyida mas’ullarga murojaat etildi.  

Ushbu masala ham ijrosi nazoratga olindi. 

Slide 1 of 9