Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tadbirkor bilan uchrashuv
янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li tumandagi Guliston mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan navbatdagi ochiq muloqotni amalga oshirdi.
янв.21
“G’oyib ota” mahallasida “Vakillar yig‘ini” o‘tkazildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda muhim omil
янв.21
Ehtiyojmand oilalarga e’tibor – ijtimoiy mas’uliyat ifodasi
янв.21
Navbatdagi sessiya jarayonlariga tayorgarlik
янв.21
Fuqarolar muammolari tinglanmoqda: Payariqda navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oilaviy ajrimlar: Muammo va uning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot
Mahalliy vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi (2025–2030)

   

#Munosabat  

  

Mahalliy vakillik organlari faoliyatini
rivojlantirish konsepsiyasi (2025–2030)
 

Xalqning dardini eshitmaydigan, uning
muammosini hal etmaydigan deputat – haqiqiy vakil emas. Yosh bola suvsiz
daraxtga o‘xshaydigan bo‘lsa, xalqning suyanadigan dovonlaridan biri ham deputatdir.
U xalq ichida bo‘lishi, xalq dardini tinglashi va eng muhimi, o‘sha dardga yechim
topishi kerak.
 

Mahallada yo‘l ëmonmi? Suv kelmayaptimi?
Maktab isitilmayaptimi? Bularning har biri ortida deputat qo‘l tekkizishi shart
bo‘lgan masalalar turibdi. Chunki u — xalqning yuborgan vakili, davlat bilan xalq
o‘rtasidagi tirik ko‘prikdir.
 

Shu nuqtai nazardan qaralganda,
2025-yil 23-iyun kuni davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga
qadar rivojlantirish konsepsiyasi” mamlakatimizda mahalliy Kengashlar va deputatlar
faoliyatiga yangi ruh, yangi yuklama va aniq vazifalar kiritadi.
 

Endi deputatlar faqatgina ovoz beruvchi
emas, balki amalga ta’sir qiluvchi, nazoratchi, hal qiluvchi shaxsga aylanishi kerak.
 

Konsepsiya: asosiy
maqsad va strategik yo‘nalishlar
 

2025-yil 23-iyun kuni davlatimiz rahbari
tomonidan tasdiqlangan ushbu konsepsiya mahalliy Kengashlar va deputatlar faoliyatini
o‘zgartirishda muhim bosqich hisoblanadi:
 

1. Nazorat faoliyatini
mustahkamlash bo‘yicha
 

– Mahalliy Kengashlar va deputatlar budjet va hududlarni rejalashtirish
jarayonlarida faolroq ishtirok etishi talab etiladi;


– Ular joydagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni nazorat qilish yo‘li bilan aholi manfaatlarini
samarali himoyalaydi.
 

2. Deputat maqomi
va kafolatlarini kuchaytirish
bo‘yicha

– Huquqiy himoya va moddiy-tashkiliy kafolatlar yaxshilanadi;


– Bu deputatlarning ishlash jangovari huquqiy va shaxsiy muammolardan xoli bo‘lib,
faol faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
 

3. “Mahalla – tuman
– viloyat – Senat” tizimini joriy etish
bo‘yicha

– Aholi muammolarini joyidagi birlamchi kuzatuvdan yuqoriroq bosqichlarda hal qilish
uchun bosqichma-bosqich mexanizm yaratildi;


– Konsepsiya, deputatlarning joylarda faol vazifalarini ta’kidlab, jamoaviy nazoratni
shakllantiradi.
 

“Adolat”
SDPdan Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga saylangan deputatlari
demokratik
qadriyatlar, ochiqlik va adolat prinsiplarini ilgari surib, ushbu konsepsiyani faol
qo‘llab-quvvatlaydi. Konsepsiyaning asosiy nazarda tutgan tamoyillari partiya
faollari tomonidan quyidagicha qo‘llab-quvvatlanadi:
  

  • Fuqarolar
    bilan doimiy muloqot: Kengashlarda ochiq sessiyalar, muhokamalar va jamoatchilik
    nazoratini joriy etish.
     
  • Har qadamda
    jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish: mahalla darajasidan boshlab, joylardagi
    dolzarb masalalarni hamda diplomatik muassasalar bilan hamohanglikni ta’minlash.
     

Ushbu konsepsiya mahalliy vakillik organini
haqiqiy xalq nuqtai nazarida faol va ochiq institutga aylantirishga xizmat qiladi.
"Adolat" SDPdan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga
saylangan deputatlar
ushbu o‘zgarishlarning amalga oshirilishida faol ishtirok
etib, demokratik kuch va jamoatchilik ishonchini oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Demak, 2030-yilgacha mahalliy
davlat hokimiyati faqat sessiyalarga emas, balki har bir mahallalar
hayotiga ta’sir
etuvchi kuchga aylanishi kerak.
 

  

O‘zbekiston
“Adolat” SDPdan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga saylangan deputat Ozodaxon
Dadajonova
 

   

Slide 1 of 1