Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida Lalmikor mahallasida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi

Hashar davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, ariqlar, daraxt taglari tozalanib, chiqindilar olib chiqildi. Hududga gul ko‘chatlari ekildi, yashil maydonlar parvarish qilindi, ijtimoiy obyektlar atrofi obodonlashtirildi. Ko‘pchilik ishtirokchilar jipslashib, o‘zaro hamjihatlikda ishlashdi.

Tuman Kengashi deputatining tadbirda faol va tashabbuskor qatnashgani, aholi bilan muloqot qilgani hamda tozalik va obodlik bo‘yicha o‘zining amaliy ishtirokini ko‘rsatgani hasharga alohida ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida faol qatnashgan fuqarolar mahalla faollari tomonidan minnatdorchilik bildirilib, e’tirof etildi. 

Slide 1 of 2