Ushbu tadbirda mahalla fuqarolari, yoshlar, nuroniylar, xotin-qizlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda tuman Kengashi deputati ham faol va tashabbuskor tarzda ishtirok etdi.Hashar davomida mahalla hududi obodonlashtirilib, ko‘chalar, ariqlar, daraxt taglari tozalandi, gulzorlar barpo etildi va yashil maydonlar parvarish qilindi. Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy obyektlar atrofi tartibga keltirilib, chiqindilar maxsus joylarga olib chiqildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — mahallani yanada obod, fayzli va yashash uchun qulay hududga aylantirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tuman Kengashi deputatining faol ishtiroki hasharning ruhini ko‘tarib, aholi o‘rtasida ijobiy kayfiyat uyg‘otdi. Deputat o‘z chiqishida bunday tadbirlar mahalla rivoji, tozalik va farovonlik yo‘lida muhim omil ekanini ta’kidlab o‘tdi.