Hashar davomida qabriston hududi tozalanib, begona o‘tlar yulib tashlandi, daraxt va butalar tarmoklandi, chiqindilar belgilangan joylarga olib chiqildi. Qabrlar atrofi obodonlashtirilib, ziyoratgoh yo‘laklari tekislandi va tartibga keltirildi. Qabriston atrofida joylashgan yashil hududlar ham parvarish qilindi.
Mazkur hashar azizlar xotirasiga hurmat, ajdodlarga ehtirom ifodasi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, nafaqat obodonlashtirish, balki yoshlarga ma’naviy tarbiya berish, qadriyatlarimizni asrab-avaylash nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Tuman Kengashi deputatining tadbirda faol ishtirok etib, obodonlashtirish ishlariga bevosita qo‘shilgani, shuningdek, aholi bilan ochiq muloqotda bo‘lgani, hashar ishtirokchilari tomonidan ijobiy kutib olindi.