Joriy yilning 12-avgust kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengash kotibiyati mudiri M.Berdiqulova, tuman Kengashi deputatlari Y.Uboydullayeva, N.To`ychiyev, F.Yoqubov, X.Yoqubova va mahalla yettiligi hamda mutasaddi tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda Parkent tumanidagi 3 ta umumiy o`rta ta`lim maktabi va 1 ta maktabgacha ta`lim muassasasida olib borilayotgan qurilish taʼmirlash ishlari bo`yicha jamoatchilik nazorati o`tkazildi.O`rganish jarayonida qurilish taʼmirlash ishlari olib borilayotgan ijtimoiy obyektlardagi quruvchilar bilan suhbatlashildi. Shuningdek bajarilayotgan ishlarning sifati o`rganildi. O`rganish yakunida quruvchilar tomonidan obyektlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi va ishga tushirilishi toʼgʼrisida maʼlum qilishdi.