Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 11-Qo`lichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovichga ham o‘zi saylangan “Qo`lichi” MFY fuqarolaridan hududdagi suv quvurlarini yotqazish ishlari oxiriga
yetkazilmagani bo`yicha murojaat tushdi. Deputat muammoni tezda o‘rganib chiqib, xalq vakilining tashabbusi bilan mutasaddi tashkilotga murojaat etildi va “Toshkent viloyati suv ta`minoti” AJ Parkent tuman filiali hodimlari bilan birgalikda suv quvurilarini tugallanmay qolgan qismini ulash ishlari boshlandi. Xalq vakili qurilish ishlarining sifatini joyiga chiqqan xolda o`rganib, jamoatchilik nazoratini olib bormoqda.