Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Yo‘llarda adolat va xavfsizlikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!

Bugungi kunda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash jamiyat taraqqiyoti va insonlar hayotining muhim kafolatlaridan biridir. Yo‘llardagi intizom, qonunlarga rioya qilish va bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish — nafaqat huquqbuzarliklarni kamaytiradi, balki ko‘plab baxtsiz hodisalarning oldini oladi.
Har bir haydovchi, piyoda va yo‘lovchi yo‘l qoidalariga amal qilish orqali nafaqat o‘z xavfsizligini, balki boshqalarning ham hayotini asraydi. Adolatli yo‘l harakati tizimi, fuqarolarning ongli ishtirokisiz amalga oshmaydi.
Shu bois, yo‘llarda adolat va xavfsizlikni ta’minlash — faqatgina davlat organlarining emas, balki har birimizning fuqarolik burchimizdir. Har bir ongli harakat – xavfsiz kelajak sari tashlangan qadamdir.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Aminov Abbos Ergashovich