Delegatsiya a’zolariga tumandagi Kengash tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, doimiy komissiyalar ish uslubi, deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari hamda aholi muammolarini hal etish yo‘nalishidagi amaliy tajribalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida mahalliy Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish va deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, Vobkent tumani Kengashi “namunali Kengash” sifatida alohida ajralib turadi va uning ilg‘or tajribalarini boshqa hududlarda ham tatbiq etish rejalashtirilmoqda.