Sherobod tumani korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tarkibidagi Sherobod tumani korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining 2025-yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Sherobod tumani korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining hisobat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman kengashi deputatlari, kotibiyat xodimlari, tumandagi qator korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida tumanda korrupsiya holatlarini oldini olish yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, ijobiy tajribalar bilan bir qatorda kamchilik va muammolar ham ochiq-oshkora tilga olindi.