XIVA SHAHAR DEPUTATLARI ISHCHI GURUHI ICHAN QAL’ADA O‘RGANISH ISHLARINI OLIB BORDI.
Xiva shahar deputatlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, belgilangan topshiriqlar asosida joriy yilning 03.07.2025 – 04.07.2025 y. sanalarida Ichan qal’a mahallasida belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruhga Xudoyberganov Xurmat Atanazarovich raislik qildi. U bilan birga ishchi guruh
a’zolari: Erniyozov Rustambek Davronbekovich, Abdullayeva Zaynab Ataboyevna, Aliqulova Surayyo Hoshimjanovnalar mahalla hududini o‘rganib, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarning yashash sharoitlari va olib borilayotgan islohatlar borasidagi shaxsiy fikrlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratishdi.
Mazkur o‘rganishlar natijasi asosida aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.