Янгиликлар

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi — manfaatli sheriklikning ishonchli yo‘li

VII-VIII asrlarda islom dini tarqalishi xalqlarimizning o‘xshash me’morchiligi, adabiyoti, miniatyura san’ati, qonunlari, eng asosiysi, dunyoqarashida aks etgan. Ma’lumki, atoqli o‘zbek va ozar mumtoz adabiyotining yetuk namoyondalari – Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Nizomiy Ganjaviy, Nosiriddin Tusiy, Muhammad Fuzuliy va boshqa bir qator allomalarning ijodi nafaqat turkiy tilli xalqlar, balki butun insoniyat mulki hisoblanadi. 

Do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga bugun O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan ozar millati vakillari ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ularning madaniyati va an’analarini asrab-avaylash maqsadida mamlakatimizda Ozarbayjon madaniyat markazlari
uyushmasi tashkil etilgan.
 

O‘zbekiston va Ozarbayjon BMT, Qo‘shilmaslik harakati, Turkiy davlatlar tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli platformalarda bir-birini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.  

So‘nggi yillarda Ozarbayjon O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi doirasida qabul qilingan to‘rtta rezolyutsiya hammualliflaridan biriga aylanganini mamlakatimiz yuksak qadrlaydi.

Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Boku shahrida Alisher Navoiy, Toshkentshahrida esa Nizomiy Ganjaviy va Haydar Aliyev haykallari o‘rnatilgan. 

Nasr va nazm san’atimiz bir-biri bilan nafaqat shaklan, balki mazmunan uyg‘un, g‘oya va ohang jihatdan hamohang. Ular
qoldirgan buyuk merosni xalqlarimiz yuksak qadrlaydi.
 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2023-yilda Fuzuliy shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi 960 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy maktab barpo etilgani mustahkam do‘stlik va hamjihatlikning yana bir belgisi bo‘ldi. 

Ikki davlat rahbarlarining ta’lim sohasidagi tashabbuslari tufayli ilmiy hamkorlik imkoniyatlari chuqurlashib, tobora ko‘proq qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. 

Ikki davlat hududlarida madaniyat va adabiyot kunlari, kino va ijodiy haftaliklar, gastrol safarlari, badiiy ko‘rgazmalar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 

Ozarbayjon ijodkorlarining madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari e’tirof etilib, O‘zbekistonning yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lmoqda. 

1995-yil oktabr oyida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilishi mamlakatlarimiz tarixida yangi sahifa ochdi. 

Iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 2020-yilda O‘zbekiston — Ozarbayjon Ishbilarmonlar kengashi tuzildi. Hozirgi kunga qadar uning to‘rtta yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur platforma o‘zaro manfaatlar kesishgan yangi nuqtalarni aniqlash va investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan istiqboldagi birgalikdagi harakatlarni aniqlab olish imkonini beradi. 

2023-yilda ikki davlatdagi eng istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston — Ozarbayjon qo‘shma investitsiya
kompaniyasi tashkil etildi. Ozarbayjon kapitali ishtirokida savdo, mashinasozlik va metallga ishlov berish, moliya va sug‘urta, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalar, energetika, xizmat ko‘rsatish, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 240 ta korxona O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga
xizmat qilmoqda.
 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy va gumanitar aloqalar ko‘p asrlik tarixga ega. Ozarbayjonda o‘zbek xalqining boy tarixi,
madaniyati, dunyo va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasiga katta hurmat bilan qarashadi, yuksak e’tirof etishadi.
 

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi serqirra va samarali aloqalar bugungi kunda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish
yo‘lini ishonch bilan davom ettirish imkonini beruvchi mustahkam poydevorga ega.

P.Tojiboyev
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati