"Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Kelajak liderlari" dasturi doirasida har yili 100 nafar iqtidorli yosh Davlat boshqaruvi akademiyasida tayyorlanadi. Ushbu dastur ishtirokchilari vazir va hokimlar bilan birga ishlab, xorijiy stajirovkadan o‘tib, rahbarlik lavozimlariga tayyorlanadi.
Mamlakatda 1 million yosh ishchi kadrlarni qamrab olgan "Yoshlar biznesi" va "Kelajakka qadam" loyihalari ishga tushirildi. 300 million dollorlik mablag‘ ajratib, 240 ming yoshga ish o‘rni yaratish, shuningdek "Harakatda daromad" platformasi orqali 3 million yoshning ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Deputat sifatida ushbu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Xalqning tinchligi va farovonligini oshirishni ustuvor vazifa deb bilaman.
Doniyor Yusupov
Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati