Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Qashqabuloq, Madaniyat, Ko‘kgumbaz, Sarbozor mahallalari hokim yordamchilari faoliyatini o‘rgandi
Mahallalarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi holati, aholining tomorqasidan unumli foydalanishini tashkil etish, yiliga xonadonidagi imkoniyatdan foydalanib 70-80 million so‘m daromad olishga erishayotgan fuqorolarga hokim yordamchisining amalga oshirgan ko‘magi, aholi va yoshlarni kasb - hunarga yo‘naltirish, ularga ajratilgan dehqonchilik yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ishlar holati haqiqiy holat tahlil qilindi.