O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Respublikamiz yoshlari bilan uchrashdi. O‘zbekiston yoshlarini ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi, ularga mehri va ishonchini bildirdi.
Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar berayotgani qayd etildi. O‘tgan yili yurtimiz yoshlari “TOP-500”talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi “TOP-10”, 500 nafari “TOP-100” va 1 ming 500
nafari “TOP-300”dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.
Sport sohasida ham maqtashga arzigulik ishlar amalga oshirildi.O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani
qo‘lga kiritdi.
Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bir davrda, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliarddan oshganligini uqtirdi. Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo,Jizzax va Sirdaryo viloyatlari yaxshi natijalarni ko’rsatmoqda.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi,150 mingdan ortiq yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlarini oldi va bu 2023-yilga
nisbatan 2 baravar ko’pdir.
Yurtboshimiz o‘quv va kasbga tayyorlash markazlariga murojaat qilib,zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirishni
va buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi. Sun’iy intellektni rivojlantirish boyicha bank-moliya,sog‘liqni saqlash,qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 100 ta loyiha amalga oshirilishi ,sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish borasida ishlar boshlanganini e’lon qildi.
Davlatimizning yoshlarga oid siyosatini xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etmoqda. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi. Yoshlarni bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlashimiz, ularga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlash orqali kelajak avlodni yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishiga kuchli motivatsiya bo‘ladi!
Xalq deputatlari Do'stlik tuman kengashi deputati Kultayeva Moxidil Nizamovna
https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman