T Tadbirda bolalar vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, teatr va raqslar ijro etildi. Tadbir davomida mehmonlar ta’lim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” doirasida tashkil qilingan loyihalar bilan tanishdi. Unda bolajonlarga turli to‘garaklar jumladan, loydan idishlar yasash, karaoke, sharikka rasm chizish, qumdan binolar qurish, rassomchilik, musiqa va san’at yo‘nalishlarida ta’lim berilmoqda.️ O‘rganish davomida deputatlar maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yanada yuksaltirish, bolalarning yoshlikdanoq ekologik bilim va ongini rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha ekologik o‘yinlar tashkil qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdilar.