Bekobod shahrining "Yangihayot" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabida “Deputat mahallada” loyihasi doirasida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabulda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov va shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.To‘rakulova hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida 23 nafar fuqaro o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Murojaatlar asosan tibbiyot, uy-joy, yer ajratish, kredit olish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolarning 14 ta murojaati joyida hal etildi, qolgan 9 tasi bo‘yicha esa huquqiy tushuntirishlar berildi va nazoratga olindi. Mazkur tadbir fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini joyida o‘rganib hal qilishga xizmat qilmoqda.