Янгиликлар

Yoshlar muammolari — e’tibor markazida

Yoshlar muammolari — e’tibor markazida

☺️Uchquduq tumanida yoshlar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov va tuman IIB boshlig‘i Anvar Radjapov yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

🟢Qabulda probatsiya va profilaktik nazoratda turgan yoshlar, shuningdek, ishsizlikka duch kelgan yigit-qizlar o‘z muammolari, taklif va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

☺️Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, profilaktik chora-tadbirlar orqali yoshlarni jinoyatchilikdan yiroqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Yoshlarni nazoratdan chiqarish, ya’ni jamiyatga qaytarish va hayotga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlash maqsadida aniq vazifalar belgilandi.

🟢Mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga, xususan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limiga aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 9