Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 1-Qoraqalpoq saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich o`zi saylangan “Markaziy” MFYda bo`lib, mahalla yetttiligi bilan hamkorlikda fuqarolarining yashash
sharoitlari honadonbay o`rganildi. Uchrashuvlar davomida aholi murojaatlari va takliflari diqqat bilan tinglandi, ularning asosiy muammolari qayd etildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra aniq bajarilish muddatlari va mas’ullar ko‘rsatilgan muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tuzildi. Barcha masalalar o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida qat’iy deputatlik nazorati o`rnatildi.