Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 22-Shampan saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Abdulatif Abdumavlon o`g`li va mahalla yettiligi tomonidan “Qizilsoy” va “Shampan” MFY da yashovchi oilalarning ijtimoiy ahvoli va yashash sharoitlari o`rganildi. Uchrashuv davomida fuqarolar o`zlarining muammolari yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar, deputat tomonidan savollarga atroflicha tushuntirish berildi. Shundan so`ng MFY yettiligi bilan fuqarolarning yechimini kutayotgan muammolari bo`yicha zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.