Янгиликлар

Deputat faoliyatidan

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovnaga o`zi saylangan “Istiqbol” MFY fuqarolari hududdagi suv yig`ish inshoati ta`mirtalabligi, yani toza ichimlik suvi masalasida murojaat etishdi. Deputat B.Maxmudova “Istiqbol” MFY raisi M.Qoraboyev bilan masalani joyiga chiqqan xolda o‘rganib chiqdi va mutasaddi tashkilotga deputatlik so`rovi bilan murojaat etib, aholiga noqulaylik tug`dirayotgan muammoni bartaraf etilishiga kelishildi. 

Slide 1 of 2