Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna “Novdak” MFY “Do`stlik” va “S.Sheroziy” ko`chalarida yashovchi saylovchilari bilan uyma-uy yurib mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan dolzarb masalalar ko`tarildi. SHular qatorida mahalladagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta`minlash bo`yicha murojaatlar joyida hal etilib o`zini-o`zi band qilish orqali fuqarolar bandligi ta`minlandi. Bundan tashqari aholiga o`z uylari atrofini ozoda saqlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Aholi tomonidan ko`tarilgan masalalarni yechimi yuzasidan MFY yettiligi bilan chora-tadbirlar belgilandi va nazoratga olindi.