Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 23-iyun kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni xalqqa yaqin ochiq va javobgar boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilgan muhim ish
Aytilishicha endilikda hokim o‘rinbosarligiga nomzodlar mahalliy Kengash komissiyasida muhokama qilinadi. Ular o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlantirish dasturini taqdim etadi va deputatlar oldida ochiq savollarga javob beradi. Bu malakali rahbarlarni tanlashda jamoatchilikning bevosita ishtiroki va deputatlik nazoratini ta’minlashi kutilmoqda.
“Kengash soati”instituti joriy qilinib ijro hokimiyati va jamoatchilik o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydoni yaratiladi.
Mansabdor shaxslarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi, sessiyalar esa ochiq o‘tkazilib, fuqarolar kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Bu yangiliklar mahalliy hokimiyatni haqiqiy jamoaviy boshqaruv mexanizmiga aylantirishga xizmat qilishiga umid qilaman.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmatova