Joriy yilning 23-avgust kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida Zarbdor tumani 1-sonli politexnikumida keng ko‘lamli umumxalq hashari tashkil etildi. Tadbir doirasida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilardan tozalash va infratuzilmani tartibga keltirish ishlari olib borildi.
Mazkur hasharda mahalla fuqarolari bilan bir qatorda deputat ham faol ishtirok etdi. U nafaqat ishchi guruhlarga rahbarlik qildi, balki shaxsan o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fuqarolarni jipslik va hamjihatlikka undadi.
Deputatning bunday faol ishtiroki, ayniqsa yoshlar orasida ijobiy ruhiyat uyg‘otib, ularda o‘z mahallasiga mehr bilan munosabatda bo‘lish, o‘zaro birdamlikda yashash g‘oyalarini yanada mustahkamladi.
Shu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi va bu orqali mahallalarda toza, obod va fayzli muhitni yaratish yo‘lida amaliy qadamlar qo‘yiladi.