Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 5-“Mevazor” saylov okrugidan saylangan deputat Qorayeva Gulnora Abdullayevna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-93-sonli qaroriga asosan Yangi Toshkent MFY Nayman qishlog‘ining aspfalt qoplama qoplanishi belgilangan ichki yo‘llarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga mas’ul bo‘lgan rahbarlarga kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.