Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va faol nuroniylardan tuzilgan Ishchi guruh vakillari va mutasaddi raxbarlar Markaziy dehqon bozorining savdo rastalaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ularning narxlari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Bunda "Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi"dagi go'sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e'tibor qaratildi. Bozor ma'muriyati hamda tadbirkorlarga bozor to'kinligi, mahsulotlar sifati va ularning arzonligi hamda bayram kunlari narx-navoni sun’iy oshirib yubormaslik bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.