Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Халқ депутатлари Жиззах вилоят Кенгашининг Коррусияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлари томонидан ҳудуддаги ер майдонларини компенсация эвазига жамоат эҳтиёжлари учун олиш мақсадида мулк эгалари, ҳудудий кузатув ва компенсация кенгаши аъзолари иштирокида йиғилиш ўтказилди.
янв.21
қилинган ишлар муҳокамада
янв.21
Очиқ мулоқот бўлиб ўтди
янв.21
матбуот анжумани
янв.21
Янгиликлар
янв.21
Сессия иши
янв.21
Муносабат
янв.21
Назорат-таҳлил
янв.21
Munosabat
Qardoshlik mustahkamlanmoqda: Yaqin qo‘shnichilikning yangi bosqichi

Qardoshlik mustahkamlanmoqda: Yaqin qo‘shnichilikning yangi bosqichi  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga qilgan rasmiy tashrifi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi munosabatlarning yanada chuqurlashishiga xizmat qildi. Bu tashrif, shubhasiz, nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi, balki barqaror taraqqiyot, mintaqaviy hamjihatlik va mustahkam do‘stlik sari yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat, jumladan, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi harakatlar keng jamoatchilik tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Turkmaniston bilan munosabatlarimiz esa o‘zaro ishonch, hurmat va manfaatlar mutanosibligiga asoslangan bo‘lib, bu kabi uchrashuv va muzokaralar orqali yanada mustahkamlanmoqda.

Prezidentimiz tashrifi chog‘ida turli sohalardagi hamkorlik yo‘nalishlari — transport, energetika, suv-muammolari, agrosanoat, madaniy almashinuvlar va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Bu esa, albatta, xalqlarimiz hayotida amaliy ifodasini topadi.

Navoiy shahri va viloyati uchun ham bu tashrif muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bizning hududimiz Turkmaniston bilan transport yo‘llari, savdo aloqalari orqali bog‘langan. Yangi kelishuvlar mahalliy tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, eksport salohiyatini kengaytirish, sanoat mahsulotlarini qo‘shni bozorlarga yetkazish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

Navoiy shahar deputati sifatida men bu tashrifni kelajak taraqqiyotining muhim poydevori, xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va birodarlik timsoli, deb bilaman. Mahalliy kengashlar a’zolari sifatida bizning vazifamiz — shunday oliy darajada erishilayotgan kelishuvlarni amaliy hayotga tatbiq etish, joylarda uning ijtimoiy-iqtisodiy samarasini ta’minlashdir.

Ishonamizki, bu kabi tashriflar nafaqat davlatlar darajasida, balki har bir fuqaroning hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Chunki mustahkam do‘stlik va manfaatli hamkorlik — tinchlik va taraqqiyot garovidir.

🇺🇿 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Tosheva Shaxnoza Azamatovna